So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  1 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  0 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

Baxtiyor Ashurmatov: “Birinchi navbatda futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilishimiz kerak” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Birinchi navbatda futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilishimiz kerak”

"Navbahor" yakuniga etgan mavsumda oldingi chempionatdagi natijasini yaxshilash imkoniga ega bo'ldi. Yani jamoa navbatdagi chempionatni ettinchi o'rinda yakunladi.
Endilikda natijalarni  yaxshilash maqsad qilinmoqda. Mavsum yakuniga etgach, Navbahorning bir qator futbolchilarini boshqa klublar safidan o'rin olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar paydo bo'lgandi. Lekin, hozircha hech bir futbolchi jamoadan ketish haqida rahbariyatga murojaat qilmadi. Bundan tashqari bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni Navbahordan ketishi haqidagi gap-so'zlar ham hech qanday asosga ega emas.

Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabida ham ish yuritayotgan Ashurmatov Navbahordagi faoliyatini ham davom ettirish niyatida. Xullas klub rahbariyati va murabbiylar shtabining maqsadlari jiddiy. Buning uchun jamoaga muxlislar va viloyat rahbarlarining ishonchi zarurligini bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov ham takidlab o'tdi. Quyida bosh murabbiyning fikrlari bilan tanishish imkoniga bo'lasiz:

“Hozir ko'pchilik muxlislarimizni jamoaning kelajagi, yani yangi yil rejalarini qanday bo'lishi qiziqtirayotganligi aniq. SHaxsan o'zimni “Navbahor” jamoasidan ketish niyatim yo'q. Murabbiy sifatida yuqoriroq o'rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzishni xohlayman. Bunday jamoani shakllantirish oson bo'lmasligini barcha yaxshi biladi. SHunday bo'lsada, namanganlik ishqibozlarni quvontirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun menga birinchi navbatda muxlislarimizning va viloyat rahbarlarining ishonchi kerak. SHu bilan birgalikda rahbarlarimiz keyingi yil byudjetini tasdiqlab berishsa, shunga qarab jamoani kuchaytirish lozim bo'ladi. Hozircha yakuniga etgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilardan hech biri “Navbahor”dan ketgani yo'q. Ular ham vaziyatni oydinlashishini kutishmoqda.

Birinchi navbatda futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilishimiz kerak. Aynan shu orqali asosiy tarkib o'yinchilarini saqlab qolish imkoniga ega bo'lamiz. Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun 15 dekabr kuni Namanganda yig'iladi. Mashg'ulotlar boshlanishi arafasida klub rahbarlari bilan gaplashib olaman. Birinchi o'rinda avtobus, baza va mashg'ulot o'tkazish uchun maydon masalasini hal qilishimiz talab etiladi. SHaroitlar yaratilsa, jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashishga tayyor bo'ladi. CHunki namanganlik muxlislar “Navbahor”ni yuqori pog'onalarda yurishini xohlashadi va ular bunga munosibdirlar.

Fursatdan foydalanib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlarimizga alangali salomimni yo'llab qolaman”.
Jamoamiz mavsumga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini 15 dekabr kuni Namanganda boshlaydi. Jamoa azolari bir necha kun davomida mashg'ulot o'tkazishgach, yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatlik tatilga chiqishadi. Yangi yilning dastlabki kunlaridan yana mashg'ulotlar davom ettiriladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика