So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Baxtiyor Ashurmatov: "Birinchi davrada boy berilgan o'yin uchun revansh olishga intildik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Birinchi davrada boy berilgan o'yin uchun revansh olishga intildik"

Superliganing yakuniy 26-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qo'qon-1912" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi.

Baxtiyor Ashurmatov: “Navbahor” va uning muxlislari qalbimda chuqur iz qoldirgan”

- O'yin haqida

- O'yindan avval ham “Navbahor” bilan o'yin derbi maqomiga ega bo'lganligi sababli qaysi jamoa yutishidan qati nazar jangovar o'yin bo'lishi, futbolchilar oxirigacha kurashishini aytgandim. Gaplarim o'z isbotini topdi. Ikkala jamoa ham o'yin so'ngigacha chiroyli futbol namoyish etishdi. Yigitlar aytgan ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi va o'ylaymanki, bugun haqqoniy g'alabaga erishdik. “Navbahor” futbolchilariga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. CHunki ular 1:3 hisobida yutqazayotganda muxlislari uchun astoydil kurashishdi, ishqibozlar ham chiroyli futbol guvohiga aylanishdi va jamoalarini oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Jamoamiz nomidan ularga minnatdorchilik bildiraman, doimo sog'-salomat bo'lishsin. Va albatta, Qo'qondan uzoq yo'l bosib kelib, bizga ishonishgani uchun katta rahmat. O'ylaymanki, keyingi mavsum “Navbahor” ham, “Qo'qon-1912” ham o'z oldiga yanada yuqoriroq vazifalarni qo'yadi, har ikki jamoa muxlislari jamoalari yuqori o'rinlarni egallashiga munosib.

- Jamoangiz birinchi davrada “Navbahor”ga yutqazib qo'ygandi, shu bois futbolchilaringiz o'zgacha ishtiyoq bilan to'p tepishdimi?

- Gapning ochig'i, bugungi o'yin shaxsan men uchun his-hayajonga boy o'yin edi. CHunki bundan avval “Navbahor”da ishlaganman, bu jamoa va uning muxlislari, o'sha ishlagan yillarim qalbimda chuqur iz qoldirgan. “Navbahor” muxlislariga nisbatan mehrim balandligini hech qachon yashirmaganman. SHu sababli bugungi uchrashuv men uchun principial ahamiyatga ega edi. Birinchi davrada boy berilgan o'yin uchun revansh olishga intildik, Xudoga shukrki, muxlislarimiz va rahbarlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. O'yin oxirida bo'lgan vaziyat uchun “Navbahor” muxlislaridan uzr so'rayman. Futbolchimizga ham tanbeh berdik, yoshlik qilib bir oz provokacion harakat qilib qo'yishdi. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda jamoamiz tomonidan bunday harakatlar qilinmaydi. Qo'qon va Namangan jamoalari, muxlislari hurmatga munosib, shu bois keyingi o'yinlar bundanda chiroyli o'tadi, deb o'ylayman.

- “Qo'qon-1912”ning joriy mavsumdagi natijasi bo'yicha fikringiz qanday?

- Natijadan qoniqmaganligimiz aniq, chunki bu mavsum vodiy futboli uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Biz ham, “Navbahor” ham katta niyatlar bilan mavsumni boshlagandik, lekin afsuski, o'z maydonimizda juda ko'p ochko yo'qotganimiz tufayli yuqori o'rinlarni egallay olmadik. Mavsumni biz uchun qoniqarsiz deb aytish mumkin. Afsuski, “Turon” va “Andijon” jamoalari Superligani tark etishdi. Menimcha, vodiy jamoalari ham yuqori o'rinlar uchun kurashadigan darajaga chiqsa, bundan chempionatimiz saviyasi yanada oshadi. Zero, vodiylik muxlislar futbolni juda yaxshi ko'rishadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика