So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Baxtiyor Ashurmatov: “Ayni paytda chiroyli o'yindan ko'ra natija muhimroq” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Ayni paytda chiroyli o'yindan ko'ra natija muhimroq”

“Andijon” – “Neftchi” (2:1) uchrashuvidan so'ng “burgutlar” ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun bizni qo'llab turgan muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. Tan olish kerak bugun o'yinimiz chiqmadi, lekin aynan muxlislarning qo'llab quvvatlashi tufayli yigitlar oxirigacha kurashishdi va g'alabaga erishdik. Andijon xalqini va klub rahbariyatini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi g'alabaning asosiy omili muxlislarimiz bo'lishdi. Bu futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. "Neftchi" jamoasi o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Ular himoyada o'ynab qarshi hujumga o'tishlarini bilardik. Irodali g'alabaga erisha oldik. Hamjihatlik evaziga 3 ochko oldik.

O'yindan oldin muxlislar oldida ishonchni yo'qotib qo'yishdan qo'rqqandim. Sababi bundan oldingi 3ta o'yinda yutqazib qo'ygandik. Ayni paytda chiroyli o'yindan ko'ra natija muhimroq.

Uchta hujumchi bilan o'yinni boshladik, bu tavakkal edi. Ibrohim Otaxonov bir taym davomida juda ko'p kuch sarflamoqda, shu bois uning o'rniga boshqa futbolchi tushirayapman. G'ulom O'runovda standart vaziyatlardan foydalanish hususiyati borligi uchun maydonga tushirdim. Muammolarimiz etarlicha, buning ustida ishlashda davom etamiz. Bugun futbolchilar ko'p xato qilishganiga sabab dastlabki 3ta turdagi mag'lubiyatlar deb bilaman", - deydi Ashurmatov.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика