Baxtiyor Ashurmatov: “AGMK oxirigacha kurashadi”

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018, 21:19
Superliga 21-turida “So'g'diyona” o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qildi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng AGMK  bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Jasur Xasanov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalambor, bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga katta rahmat. O'yin qiyin o'tishini bilardik. “So'g'diyona” ikkinchi  davrada legionerlar bilan tarkibni kuchaytirdi. Jizzaxda har bir jamoa qiyin o'yin o'tkazadi. O'yinni qiyin boshladik, raqiblar to'p nazoratini o'z qo'liga oldi va dastlabki 20 daqiqa ularning ustunligida o'tdi. Birinchi gol barchasini o'zgartirib yubordi. Ustunlik biz tomonga o'tdi, o'ylagan rejalarimiz amalga oshib, g'alabani qo'lga kiritdik. Yigitlarga g'alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. AGMK jamoasi bu o'yin bilan to'xtab qolmaydi va biz oxirgacha kurashamiz, - deydi Ashurmatov.


 
- Bugungi o'yin tomoshabop o'tdi. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi va biz buni uddaladik. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, olmaliqlik muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz,- deydi Jasur Hasanov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати