Baxtiyor Ashurmatov: "Agar "Guliston"dan ketishim jamoaga foyda bersa ketardim"
21 sen 2013 22:34
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Agar "Guliston"dan ketishim jamoaga foyda bersa ketardim"
"Guliston" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng maydon egalari ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bunday mag'lubiyatdan so'ng nima deyishni ham bilmayapman. Odatda ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng murabbiy ishdan ketadi, ammo menimcha klubdan ketsam jamoaga bu foyda bermaydi. Agar ketishim jamoaga yordam bersa albatta hech nimaga qaramay istefo berardim. O'yindan so'ng futbolchilar bilan kelishib oldik, oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz", - deydi Ashurmatov.
"Bugun ham o'yinimiz qovushmadi, tarkib tanlashda xatoga yo'l qo'ydim. Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Menimcha hali barcha narsa hal bo'lgani yo'q. Agar yigitlar bir-tanu bir jon bo'lishsa albatta oliy ligada qola olamiz".

"Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ular maydonda kuchliroq o'ynashdi, ularda hujumchi muammo yo'qligi bilindi. Birinchi davrada bizda o'ynagan Nosir Otaqo'ziev "Neftchi"ga tayyorlab berganimizga "minnatdorchiligi" sifatida bizga ikkita gol bilan javob qaytardi. Hujumchilarning vazifasi gol urish. O'yinning oxirida biz hisobni tenglashtirish uchun hujumga o'tishga majbur bo'ldik, shundan farg'onaliklar foydalanib ikkita gol urishdi".
Enver Gafarov yozib oldi.
Fikrlar