Bahrom Haydarov: "Alamli durang"
01 noy 2018 11:13
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Alamli durang"
Neftchi - AGMK (1:1) bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Kuchli yomg'ir yog'ishiga qaramay bellashuvga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat. Guvohi bo'lganingizdek, ob-havo baribir o'yinga o'z tasirini o'tkazdi. Bunday maydonda nafaqat hujum qilish balki to'pni nazorat qilish ham mushkul. G'alabaga juda yaqin edik. Afsuski, raqib hisobni tenglashtirishga erishdi. Alamli durang deyish mumkin. Ushbu baxsda faqat g'alaba bizni qoniqtirardi. Birgina xato qimmatga tushdi. Yigitlar bilan xali o'yinni muhokama qilamiz. Hamma ham xato qilishi mumkin. Muhimi o'sha xatoni yana takrorlamaslik. Keyingi bellashuvlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ruhiy tushkunlikka tushish yo'q. Olg'a boramiz - dedi Haydarov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar