So’nggi yangiliklar

10:02Қизил карточка, эҳтимолий пеналти ва четлатиш. "Алё, рэф!" Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги ҳакамларнинг қарорларини таҳлил қилди  1 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  9 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  3 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  4 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  10 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  13 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  3 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22

Baxodir Davlatov: "Avval "Paxtakor" va "Yangier" o'rtasidagi o'yinlar shiddatli bo'lgan" Yangiliklar

Baxodir Davlatov: "Avval "Paxtakor" va "Yangier" o'rtasidagi o'yinlar shiddatli bo'lgan"

Kecha birinchi liga vakili Yangierning "Yangier" jamoasi Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Ushbu uchrashuvda "sherlar" birinchi liga vakilini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng "Yangier" klubi bosh murabbiyi Baxodir Davlatovni suhbatga tortdik.


- "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv qiziqarli o'tdi, deb ayta olasizmi?

- Avval oliy ligada "Paxtakor" va "Yangier" o'rtasida shiddatli o'yin bo'lib o'tar edi. Bizni futbolchilar raqib jamoa futbolchilariga qaraganda saviyasi ancha past hisoblanadi. SHunga qaramay shogirdlarim bir qator xavfli vaziyatlarni yaratdi. Baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Balki omadimiz kelmagan bo'lishi ham mumkin. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham, ushbu bahsni tomosha qilish uchun anchagina muxlislar tashrif buyurdi. Jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Yangierdan muxlislarimiz Toshkentga tashrif buyurishdi. O'yin qiziqarli bo'lgani sezilib turdi. Buni muxlislarning tashrifidan ham bilsa bo'ladi. O'rtoqlik o'yiniga kamida 300-400 muxlis tashrif buyurdi. Agarda rasmiy uchrashuv bo'lganida bundan ham ko'p ishqibozg'lar stadionga tashrif buyurishgan bo'lishar edi. 

- "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdinglar. Ushbu bahs sizlar uchun qanchalik foydali bo'ldi?

- Ushbu o'rtoqlik uchrashuvi biz uchun ancha foyda berdi. Jamoamizga kelgan yangi futbolchilarni ko'rib oldik. "Paxtakor" biz bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish uchun taklif bildirganda xursand bo'lib taklifga ijobiy javob berdik. Yangi kelgan futbolchilarni mana shunday jamoalarga qarshi uchrashuvlar orqali ko'rib olsa bo'ladi. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda kim qanday o'ynaganini, kimda qancha xato bo'lganini ko'rib oldim. Ushbu o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham shogirdlarim yaxshi harakat qilishdi. "SHerlar"ga qarshi yomon o'yin ko'rsatde, deb ayta olmayman. Jamoa yig'iniga kelgan futbolchilardan 2-3 nafarini tarkibga qo'shib olamiz.CHunki tarkibni tark etgan futbolchilar ham bor. Ularni o'rnini to'ldirishimiz kerak.


- Jamoani kimlar tark etgan yoki aksincha kimlar yig'inga jalb qilingan?

- Avvalgi tarkibdan SHerzod Kamolov, Sobir Azizovlar tark etishdi. Ularni o'rniga 2-3 nafar futbolchini ko'rib olyapmiz. CHunki jamoada raqobat bo'lishi kerak. Ular orasida kimlar qolishini sekin-asta ko'rib olamiz. 

- Qaysi klublardan futbolchilar yig'inga qo'shilgan?

- "Olmaliq" yoshlarida to'p tepgan Amirxon Ibrohimovni jamoaga taklif qilganmiz, qolgani birinchi liganing boshqa jamoalarida to'p tepgan futbolchilar hisoblanishadi. 

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qay darajada ketmoqda?

- "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan 3 kun oldin Yangierda yig'ilganmiz. 

- Oldinda yana kimlar bilan nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan?

- Birinchi liga vakillari "Zomin", "G'allaorol"ga o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish uchun taklif bilan chiqmoqchimiz. 28 iyul kuni Bekobodda "Metallurg" yoshlari qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirib qo'yganmiz. Ushbu jamoalar bilan ikki marotaba nazorat uchrashuvini o'tkazamiz. Yani uyda va safarda. Hozircha 5-6ta uchrashuv o'tkazishni rejalashtirib qo'yganmiz. SHulardan so'ng sparing raqib topsak yana bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz mumkin. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика