"Bavariya"ning yozdagi ilk xaridi malum
12 may 2022 00:23
Yangiliklar
"Bavariya"ning yozdagi ilk xaridi malum
Amsterdamning “Ayaks” klubi himoyachisi Nusser Mazraui faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi, bu haqda insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali malum qildi.
Jurnalistning takidlashicha, "Bavariya" 24 yoshli marokashlik futbolchi uchun yangi klubga aylanadi. Tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar olib bordi va uzoq muddatli shartnoma imzolashga kelishib oldi. SHartnoma to'rt yilga mo'ljallangan.
Mazraui nemis grandiga erkin agent sifatida o'tadi, chunki uning "Ayaks" bilan shartnomasi yozda tugaydi.
Joriy mavsumda Nusser 24 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar