So’nggi yangiliklar

17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  1 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1

"Bavariya"ning yangi murabbiyi - Flik. Kim u? Yangiliklar

"Bavariya"ning yangi murabbiyi - Flik. Kim u?

Niko Kovach istefosidan so'ng hammada savol paydo bo'ldi: "Bavariya"ning yangi murabbiyi kim bo'ladi?

Myunxenliklar mashhur mutaxassislarning biri bilan shartnoma tuzishi mumkin edi (Allegriya yoki Mourinyu), ammo Germaniya terma jamoasi shtabi bilan JCH-2014da muvaffaqiyatli ishtirok etgan Xans-Diter Flikni qoldirishdi.


Futbolchi Flik

Flik futbolchilik davrida iqtidorli yarim himoyachi bo'lgan va katta muvaffaqiyatlarga "Bavariya"da erishgan. U Myunxen klubida 6 yil to'p tepib, 4 marta Germaniya chempioni bo'lgan. Flik myunxenliklar safida 104ta uchrashuv o'tkazgan bo'lsada, bor-yo'g'i 5 ta gol urishga erishgan.

Flik 6 yildan so'ng "Kyoln"ga o'tdi. Xans-Diter deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Balki qizil kartochka ko'p olgani uchun uni tarkibga kiritishmagandir. Flikning faoliyatidagi so'nggi klub "Bammental" bo'ldi va yarim himoyachi u erda tizzasidan jiddiy jarohat oldi va faoliyatini 1993 yilda (28 yosh) yakunladi.

Umuman olganda Flik futbolchi bo'lishni xohlamagan. U bank sohasida o'qigan va shunchaki rohat olish uchun uchinchi ligadagi "Zandxauzen" safida to'p tepgan. Futbolchi bo'lishga jiddiy qiziqmagan Xans-Diter "SHtutgart" taklifini rad etdi, ammo "Bavariya" shartnoma yuborganida u tezda rozi bo'ldi.


Murabbiy Flik

Flik Kovach istefosigacha yoshlarni asosiy tarkibga qo'shish uchun bosh murabbiyga ko'maklashdi. Maqsad - "Bavariya"ni yoshartirish edi. Tomas Myuller zaxirada qola boshladi, Xummels esa "Borussiya"ga (Dortmund) ketdi.

Flik Myunxendan oldin Germaniya terma jamoasida ishlagan. 2006 yilda Yoaxim Lyov uni o'ziga assistent qilib olgan. Nemislar u bilan jahon chempioni bo'lishdi, xatto bitta uchrashuvda Xans bosh murabbiy vazifasini bajardi. Bu 2008 yil Evropa chempionatida sodir bo'lgandi. Yoaxim Lyov diskvalifikaciya qilingani bois, Flik Portugaliyaga qarshi bahsda chiziq yonida turib jamoani boshqargan.

Flik ko'proq standartlarga etibor berardi, JCH-2014da Germaniyaning ustun tomoni ham standartlar bo'lgan. Turnirdagi 6ta gol burchak va jarima zarbalaridan urilgan edi. O'sha paytdagi mish-mishlarga ko'ra, Flik futbolchilarni yaxshi tushungan, Lyov esa qattiqqo'l mutaxassisga aylanib, faqat ko'rsatmalar bilan cheklangan ekan. Flik terma jamoani tark etganidan so'ng O'zil, Myuller, Xummels va Boateng Lyov bilan til topisha olmadi va ularni MTJdan haydab yubordi desak ham bo'laveradi.


Yana qaerda ishlagan?

Flik Lyov yordamchisi bo'lgunga qadar 5 yil "Xoffenxaym"ni boshqargan. Ammo o'shanda bu klub Germaniyaning to'rtinchi ligasida edi. Flik birinchi mavsumda jamoani uchinchi ligaga olib chiqdi va 2005 yilgacha turnir jadvali o'rtasida yurdi.

Uning keyingi jamoasi "Red Bull" tomonidan sotib olingan va keyinroq "Red Bull Zalcburg" deb nomi o'zgartirilgan "Austriya" bo'ldi. Jamoaga Lotar Matteus va Jovanni Trapattonilar taklif qilingan edi, Flikni esa Trapattoniga yordamchi sifatida chaqirilgan. Xas Avstriya klubida 11ta uchrashuvda ishlab, keyin terma jamoaga yo'l oldi.

Aytgancha, Flikning biznesi bor: U Bommentaldagi sport kiyimlari do'koniga egalik qiladi.

"Bavariya"ning navbatdagi raqiblari "Fortun" (Bundesliga) va "Crvena Zvezda" (CHempionlar ligasi) bo'ladi. Ular ustidan qozonilgan g'alaba jamoa va murabbiyga qo'shimcha ishonch berishi kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика