“Bavariya”ning yana bir asosiy futbolchisi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda
06 apr 2021 19:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629478_original.jpg)
![](/upload/storage/629478_220.jpg)
“Bavariya”ning yana bir asosiy futbolchisi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda
Myunxenliklar vingeri Serj Gnabri katta ehtimol bilan ECHL 1/4 finalidan o'rin olgan PSJga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flik o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida aytib o'tdi.
“Mark Roka yakshanba kuni jarohat oldi, shu tufayli u ertangi o'yinni o'tkazib yuboradi. Serj Gnabrining tomog'i og'rimoqda va katta ehtimol bilan u ham o'ynay olmaydi”, deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “Alyanc Arena”dagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 8 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq, "qizillar" forvardi Robert Levandovski jarohati tufayli 1 oyga safdan chiqqani malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar