“Bavariya”ning rasmiy akkauntlari eng sevimli futbolchilar to'rtliklarini aniqladi
25 mar 2020 19:40
Yangiliklar


“Bavariya”ning rasmiy akkauntlari eng sevimli futbolchilar to'rtliklarini aniqladi
Myunxenliklar matbuot xizmati “Sevimli futbolchilar to'rtligi” chellenjida qatnashdi.
Klubning twitter'dagi rasmiy ingliz tilidagi sahifasi o'z ro'yxatiga Aren Robben, Frank Riberi, Filipp Lam hamda Lotara Matteusni kiritdi.
AQSHdagi foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan akkaunt esa Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Oliver Kan va Bastian SHvaynshtaygerni etirof qilgan.
SHuningdek, chellenjda “qizillar”ning arab tilidagi sahifasi ham qatnashdi va sevimli kvartet sifatida Kan, Lam, Riberi va Robbenni tanladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar