"Bavariya"ning ispaniyalik futbolchisi sobiq klubiga qaytishga yaqin
05 sen 2020 18:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590716_original.jpg)
![](/upload/storage/590716_220.jpg)
"Bavariya"ning ispaniyalik futbolchisi sobiq klubiga qaytishga yaqin
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines "Atletik"ga o'tishga yaqin.
Ispaniya klubi bir yilga uzaytirish bandi bilan o'yinchi uchun 2 yillik shartnoma tayyorlab qo'ydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Martines 2006-2012 yillar davomida "Atletik" sharafini himoya qilgan. Futbolchi klub safida 250ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 6ta assist qayd etgan. Martines 2010 yilda Don Balon tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
Myunxen klubi esa 2012 yilda ispan klubiga futbolchi uchun 40 million evro to'lagan. Xavi yakunlangan mavsumda 24ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt 32 yoshli o'yinchini 13 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar