"Bavariya"ning ikki himoyachisi jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022, 16:55
Futbolchilar jarohatlanganlar safini to'ldirishdi.

Myunxen klubi himoyachilari Benjamen Pavar va Lukas Ernandes Chempionlar Ligasining 2-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi uchrashuvda (2:0) jarohat oldi. Bu haqda "Top Mercato" xabar bermoqda.

Jarohatlarning darajasi va futbolchilarning qaytish vaqti hozircha ma'lum qilinmagan.

"Bavariya"ning navbatdagi o'yini 17 sentyabr kuni mehmonda "Agusburg"ga qarshi kechadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: topmercato.com