"Bavariya"ning Gyundoganga qiziqayotgani rad etildi
28 okt 2022 13:37
Yangiliklar
"Bavariya"ning Gyundoganga qiziqayotgani rad etildi
Myunxen klubining "Manchester Siti" azosi Ilkay Gyundoganga qiziqayotgani borasidagi xabar rost emas ko'rinadi.
"Bild" jurnalisti Kristian Falk Twitter sahifasida ushbu xabarning yolg'on ekanini malum qildi.
Germaniya terma jamoasi vakilining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilda yakun topadi. "Etixad" egalari yarim himoyachi bilan kelishuvni davom ettirish niyatida.
Futbolchining o'zi kelajagi borasida Qatardagi mundialdan so'ng qaror bermoqchi.
Gyundogan ushbu mavsum Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa tarkibida 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Fikrlar