"Bavariya"ga Veynaldum taklif etildi. Myunxenliklarga Noyxaus kerak

Alisher
12 apr 2021, 17:38
"Bavariya" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga qiziqmayapti.

Yozda "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadigan 30 yoshli xavbekning xizmatlari Myunxen klubiga taklif etildi.

Ammo, "Bavariya" niderlandiyalik futbolchini o'z tarkibiga jalb qilmoqchi emas. Bunga sabab esa uning yuqori maoshi va yoshidir.

Myunxenliklar yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishmoqchi va o'z tarkiblariga Myonxengladbaxning "Borussiya" klubida o'ynovchi 24 yoshli Florian Noyxausni taklif etishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: abendzeitung-muenchen.de