"Bavariya" Zyulening ketishini tasdiqladi
26 jan 2022 22:32
Yangiliklar


"Bavariya" Zyulening ketishini tasdiqladi
Bu haqdagi malumotni Myunxen klubi bosh direktori Oliver Kan tasdiqladi.
Biz Niklasga juda yaxshi taklif bilan chiqdik. So'nggi paytlarda u o'ziga ishonch bilan yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Zyule bizga mavsumning qolgan qismida kerak. Lekin bizda malum iqtisodiy asoslar mavjud. Bazida kelishuvning iloji bo'lmaydi.
- Zyulening ketishi jamoaga qiyinchilik tug'diradimi?
- Albatta. Niklas bilan muzokaralar bir necha oy davom etdi. O'ylaymanki, so'nggi besh yil ichida u juda yaxshi natijalarni qayd etdi. Hozirda u eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri. O'ylashimcha, biz unga doimo hurmat va minnatdorchilik bildirganmiz", dedi Kan.
Xabar qilinishicha, 26 yoshli himoyachi uchun "Barselona", "CHelsi" va "Nyukasl" klublari kurashayotgandi. Himoyachi "Bavariya"ning yillik 10 million evro maosh evaziga shartnomasini uzaytirish taklifini rad etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar