"Bavariya" yozda erkin agent sifatida Franciya U23 forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin
31 okt 2021 16:53
Yangiliklar
"Bavariya" yozda erkin agent sifatida Franciya U23 forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Nant" hujumchisi Randal Kolo-Muani mavsum so'nggida nemis Bundesligasiga yo'l olishi mumkin.
22 yoshli Franciya olimpiya terma jamoasi o'yinchisini o'tgan yozda "Ayntraxt" xarid qilishga uringandi.
Endi Kolo-Muaniga "Bavariya", "Borussiya" (Myonxengladbax) va "Tottenxem" qiziqmoqda.
Forvardning "Nant" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Kolo-Muani joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar