"Bavariya" yanvarda o'z o'yinchisini MYUga qo'yib yubormagani malum bo'ldi
13 fev 2020 11:32
Yangiliklar


"Bavariya" yanvarda o'z o'yinchisini MYUga qo'yib yubormagani malum bo'ldi
"Manchester Yunayted" yanvarda "Bavariya" xavbeki Korentin Tolissoni ijaraga olishga harakat qilgan edi.
"Manchester Yunayted" yanvarda "Bavariya" xavbeki Korentin Tolissoni ijaraga olishga harakat qilgan edi.
Ammo, "qizil iblislar" buning uddasidan chiqa olmadi. "Bavariya" tarkib bilan bog'liq muammolar sabab MYUning taklifini rad etdi.
Qayd etish kerakki, Tolisso o'zining "Bavariya"dagi rolidan norozi. U katta ehtimol bilan kelasi yozda klubini tark etadi.
Myunxen klubi Korentinni 2017 yilda "Lion"dan 41,5 million evroga xarid qilgan edi. Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar