

“Bavariya” rahbariyati “Leyptsig” hujumchisi Timo Verner uchun kurashmaslikka qaror qildi. Ma'lum bo'lishicha, klub 24 yoshli futbolchining agenti Karl-Xaync Ferster bilan barcha muzokaralarni to'xtatgan.
Vernerning xizmatlariga ayni damda “Liverpul” va “Inter”dan jiddiy qiziqish bor. Uning “buqalar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyunda yakuniga etadi.



