"Bavariya" ustozi nima uchun "Kopengagen"ga qarshi o'yin qiyin kechishini tushuntirdi
03 okt 2023 11:23
Yangiliklar
"Bavariya" ustozi nima uchun "Kopengagen"ga qarshi o'yin qiyin kechishini tushuntirdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Kopengagen"ga qarshi CHempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvi arafasida fikr bildirdi.
"Men CHempionlar Ligasidagi har bir raqibni hurmat qilaman. Bu dunyodagi eng qiyin klub musobaqasi. "Kopengagen" CHempionlar Ligasining o'tgan mavsumida "Manchester Siti", "Dortmund" va "Sevilya"ga qarshi birorta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmadi", – dedi Tomas Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "Kopengagen" CHempionlar Ligasi guruh bosqichida o'z maydonidagi 15 o'yindan atigi 1 tasida "Real"ga mag'lub bo'lgan. "Barselona", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va boshqa jamoalar ularning maydonida g'alaba qozona olishmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar