"Bavariya" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng Klopp matbuot-anjumanida ishtirok etdi
02 avg 2017 13:18
Yangiliklar
"Bavariya" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng Klopp matbuot-anjumanida ishtirok etdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Audi Cup turniri yarim finalida "Bavariya" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (3:0) haqida firk bildirdi.
"Bu g'alabaga boshqalar kabi pozitiv qaramagan bo'lardim, chunki hozir ham tayyorgarlik jarayonidamiz va o'yinimizni yaxshilash haqida o'ylashimiz lozim. Birinchi bo'limda ikkita gol urdik, ammo "Bavariya"ga to'pni berib qo'ydik va natijada juda ko'p yugurdik. Jamoam qanchalik yaxshi o'ynay olishini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda qarshi hujumlarni yaxshi uddaladik, himoyada pressing uyushtirdik.
Starrij borasida gapiradigan bo'lsam, uning jarohati qay darajada ekanligini aytolmayman. U sonini shikastlab oldi. Starrij mavsumga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdi, bu shunchaki kichik jarohat va u tez orada safga qaytishiga umid qilaman. U ajoyib gol urdi" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar