So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  138 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

“Bavariya” uslubidagi g'alaba Yangiliklar

“Bavariya” uslubidagi g'alaba

Teglar :  Qo'qon-1912
O'zbekiston Kubogi 1/16 final uchrashuvi "Qo'qon-1912" uchun muvaffaqiyatli bo'ldi.

“Jar” stadionining zaxira maydonida, kuchli yomg'ir ostida bo'lib o'tgan bahsda vakillarimiz irodali g'alabaga erishdi.

“NBU-Osiyo”ga qarshi kechgan o'yinni bir necha kun Myunxenda o'tkazilgan “Bavariya” – “Yuventus” bellashuvga qiyoslash mumkin.

O'yinning 4-daqiqasi o'tib borayotgan paytda mezbonlar hisobni ochishdi. Aniqrog'i, Saidjalol Sotiboldievning zarbasi darvozani ishg'ol etilishi bilan yakun topdi – 1:0.

33-daqiqada vakillarimiz jarima maydonchasi yaqinida mezbonlar futbolchisini qoidaga xilof ravishda to'xtatib qolishdi. Natijada Vadim Agishev jarima to'pini belgiladi. Tajribali Muzaffar Umrzoqov jarima to'pini qoyimaqom tarzda ijro etdi – 2:0.

Birinchi taym shu hisob bilan yakun topdi.

Tanaffusdan keyin jamoamizda bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Buning natijasida raqib darvozasini uch marta ishg'ol etildi.

66-daqiqada Orif Mamajonov o'zining indvidual harakatlari evaziga hisobni qisqartirdi – 2:1.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida o'yinda hisob tenglashdi. Qanotdan tashkil etilgan hujumni maydon egalari qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Ushbu stantard vaziyat esa darvozaning ishg'ol etilishi bilan yakunlandi. Jarima maydonchasiga to'p oshirilgach, raqib darvozasi oldida pala-partishlik yuzaga keldi. Bundan esa Abdul Aziz Yusupov samarali foydalandi – 2:2.

Ushbu hujumchining o'zi hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda uchrashuv taqdirini hal etishi mumkin edi. Ammo yosh hujumchi o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Natijada asosiy vaqtda durang natija qayd etildi.

G'olibni aniqlash maqsadida qo'shimcha bo'limlar o'tkaziladigan bo'ldi. Qo'shimcha taymlarning 2-daqiqasida Azizxon Ibragimov ikki himoyachini chiroyli tarzda aldab o'tib, darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi – 3:2.

Birinchi bo'limda vakillarimiz raqibning kuchiga to'g'ri baho bera olmaganliklari ko'rinib qoldi. Ikkinchi taymda esa bu xato o'z vaqtida tuzatildi.

Ikkinchi va qo'shimcha bo'limlarda katta ustunlik vakillarimiz tomonidan bo'ldi.

Ushbu uchrashuvda deyarli ikkinchi tarkibimiz maydonga tushganini aytib o'tish joiz.

SHu tariqa, “Qo'qon-1912” jamoasi O'zbekiston Kubogi 1/8 finalga yo'l oldi.

 

O'zbekiston Kubogi

1/16 final

NBU-Osiyo (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 2:3 (2:0)

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), F. Yarmuxamedov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Gollar: Saidjalol Sotiboldiev – 4, Muzaffar Umrzoqov – 33. – Orif Mamajonov – 66, Abdulaziz Yusupov – 83, Azizxon Ibragimov – 92.

“NBU-Osiyo”: Azamat Ahmedov, Abbos Po'latov, Mirshoxid Olimov, Muzaffar Umrzoqov, Eldor CHoriev, Oripxo'ja Abduxoliqov, Saidjalol Sotiboldiev, Isroil Ergashev, Orif Abdug'aniev, Mamur Sultonov, Avaz Nematov.

Zaxira: Vitaliy Toshibaev, Eldor Norbaev, Dostonbek Bahromov, Timur Usmonov, Soibjon Safarov, Muhammad Sultonov, Xayrullo Rixsiboev.

“Qo'qon-1912”: G'ayrat Hasanov, Asliddin Soipov, Doston Meliqo'ziev, Oybek Rustamov, Abdulaziz Yusupov, Avazxon Mamatxo'jaev, Maruf Zokirjonov, Aziz To'xtaboev, Azizxon Ibragimov, Orif Mamajonov, Aybek Nurbaev.

Zaxira: Islom Abdullaev, Jalil Kimsanov, Ibrohim G'ofurov, Ibrohim Muxtorov, Ismoil Oxunjonov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика