"Bavariya" transfer siyosatini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Klub foyda bilan qaytib sotish uchun yosh o'yinchilarni xarid qilmoqchi
25 fev 2022 16:35
Yangiliklar
"Bavariya" transfer siyosatini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Klub foyda bilan qaytib sotish uchun yosh o'yinchilarni xarid qilmoqchi
"Bavariya" transfer siyosatini keskin tarzda o'zgartirishi mumkin.
Germaniya chempioni qiyin iqtisodiy vaziyat sabab "klub sotish uchun emas" statusini rad etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Hozirda "Bavariya"da qimmat narxdagi yulduzlarni xarid qilishga mablag' yo'q. Endi Myunxen klubi 2-4 yil davomida rivojlantirish va katta tovon pullari evaziga sotish uchun 20-22 yoshli iqtidorli o'yinchilarni xarid qilish maqsadini rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, "Bavariya" Avstriya va Belgiya oliy ligalari klublari bilan hamkorlikni yaxshilamoqchi, bundan maqsad u erga yosh o'yinchilarni ijaraga yuborishdan iborat. Avstriyada bu klub "Austriya Klagenfurt" bo'lishi mumkin.
Fikrlar