"Bavariya" tarixidagi eng qimmat transfer Madridga qaytishi mumkin

Alisher
8 apr 2021, 13:22
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchining transferiga Madridning "Atletiko" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ernandes "matraschilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Bavariya" o'yinchini 2019 yilda 80 million evro evaziga xarid qilgandi.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Gol Digital