"Bavariya" Subimendiga qiziqish bildirmoqda. "Real Sosedad" futbolchisining tovon puli – 60 mln evro
08 noy 2023 21:25
Yangiliklar
"Bavariya" Subimendiga qiziqish bildirmoqda. "Real Sosedad" futbolchisining tovon puli – 60 mln evro
Tayanch yarim himoyachi ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.
"Bavariya" klubi "Real Sosedad" tayanch yarim himoyachisi Martin Subimendiga qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" sport direktori Kristof Froynd va uning skautlik jamoasi hozirda aktiv ravishda tayanch yarim himoyachisi izlamoqda. Ro'yxatda Subimendi yuqori o'rinlarda joylashgan.
24 yoshli futbolchining "Sosedad" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Subimendining shartnomasidagi tovon puli 60 mln evroni tashkil qiladi.
Martin Subimendi ushbu masvsum La Ligada 12 ta o'yin o'tkazdi va o'z hisobiga bittadan gol hamda assist yozdirib qo'ydi.
Fikrlar