"Bavariya" stadionini afsona sharafiga nomlaydi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2024, 13:48
Germaniyaning "Bavariya" klubi shahar meriyasi bilan birgalikda stadion nomini klub afsonasi Franc Bekkenbauer xotirasiga o'zgartirishga qaror qildi.

Uy stadionining hozirgi nomi – "Alyanc Arena".

Myunxen shahar kengashi stadion nomini o'zgartirish g'oyasini maqulladi. Yaqin kunlarda klub arena nomi o'zgarganini rasman e'lon qiladi.

"U bizning shahrimiz yetishtirgan eng buyuk sportchilardan biri", – dedi Myunxen meri Diter Rayter.

Nemis klubi kuni kecha Chempionlar Ligasining 1-turida Zagrebning "Dinamo" jamoasini 9:2 hisobida mag'lub etgandi.

"Qizillar" navbatdagi o'yinini 21 sentyabr kuni Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bavarian Football Works