“Bavariya" sport direktori: “Alaba erkin agent sifatida klubni tark etsa, bu bizga jiddiy zarar keltiradi”
04 noy 2020 21:15
Yangiliklar


“Bavariya" sport direktori: “Alaba erkin agent sifatida klubni tark etsa, bu bizga jiddiy zarar keltiradi”
Myunxenliklar rahbariyati vakili Hasan Salihamijich jamoa himoyachi David Alaba bilan bogliq vaziyatga to'xtaldi.
“Yana qanday uchrashuv o'tkazishimizni bilmayman, boisi, David shartnomani uzaytirish borasidagi taklifimizni rad etdi. Alaba ketishi mumkin, uning agentiga boshqa takliflar bo'lmasligini aytgandik.
Barchamiz professionalmiz. Alabani qadrlaymiz, u top darajadagi futbolchi, biz uchun juda muhim hisoblanadi. Agar bunday futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etsa, bu bizga jiddiy zarar etkazadi”, deydi “Bavariya” sport direktori.
28 yoshli futbolchining “qizillar” sharafini 2008 yildan beri himoya etib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yil yozida yakunlanadi. Alabaning xizmatlariga “Yuventus”, “Inter” va “Man Siti” qiziqmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar