“Bavariya” sobiq prezidentining jiyanini bosh murabbiy qilmoqchi
20 fev 10:17
Yangiliklar
“Bavariya” sobiq prezidentining jiyanini bosh murabbiy qilmoqchi
“SHtutgart” bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.
Nemis grandi allaqachon 41 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqishga ulgurgan. “Bavariya” murabbiy bilan shartnoma imzolashga ishonmoqda. Sababi Sebastyan Xyoness “Bavariya” sobiq prezidenti Uli Xyonessning jiyani hisoblanadi.
Sebastyan Xyoness faoliyati davomida “Bavariya” yoshlariga bosh murabbiylik qilgan. U 2023 yilda “SHtutgart”da ishlashni boshladi. Uning qo'l ostida “SHtutgart” joriy mavsum Bundesligada hozircha uchinchi pog'onada ketmoqda.
Fikrlar