"Bavariya" sobiq futbolchisi: "Agar Bundesligani yuta olmasa, Tuxelni bo'shatishadi"
25 apr 2023 12:25
Yangiliklar
"Bavariya" sobiq futbolchisi: "Agar Bundesligani yuta olmasa, Tuxelni bo'shatishadi"
"Bavariya" sobiq azosi Ditmar Xamann Myunxen klubiga tayinlangan Tomas Tuxelning natijalari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rahbariyat tayinsiz ish qildi, murabbiy ham g'alati taassurot qoldirdi. Agar Tomas Tuxel chempionlikni boy bersa, u albatta ishdan bo'shatiladi. Murabbiy almashganidan keyin qisqa muddatda vaziyat yomonlashganini kamdan kam ko'rganman. "Bavariya"da aynan shunday bo'ldi", – dedi Ditmar Xamann.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel qo'l ostida "Bavariya" Germaniya Kubogi va CHempionlar Ligasidan chiqib ketdi, Bundesligada esa etakchi "Borussiya"dan bir ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar