So’nggi yangiliklar

13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  0 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6

"Bavariya" - "Sevilya". Juftlikda masala halmi? Yangiliklar

"Bavariya" - "Sevilya". Juftlikda masala halmi?

Teglar :  BavariyaSevilya
Bugun Evropa chempionlar ligasida yarim finalchilar aniqlanadi.

"Bavariya" (Germaniya) - "Sevilya" (Ispaniya)
Myunxen, "Alyanc Arena". 23:45

Diskvalifikaciya
: yo'q
Jarohatlangan: Noyer, Koman, Vidal - Kyaer 

Seshanba oqshomida kambek bo'ldi, bu esa evrokuboklarda katta sensaciyadir. Bugun "Alyanc"da "Bavariya" yarim finalni hal qilish uchun maydonga tushadi.

Ayni damda barcha faktorlar myunxenliklarning foydasiga ishlamoqda. O'yin Germaniyada bo'ladi, birinchi uchrashuvda "Bavariya" g'alabaga erishgan, tarkib borasida ham nemis jamoasida ustunlik.

Yupp Xaynkes Germaniya chempionatidagi so'nggi uchrashuvda tarkibning katta qismiga dam berdi. Xummels, Tiago i Levandovskilar o'yinda qatnashishmadi. Riberi va Myuller esa kam bo'lsa-da o'ynadi. Baribir myunxenliklar "Augsburg"da yirik hisobdagi g'alabaga erishdilar.

So'nggi 4 uchrashuvda "Sevilya"ning ishlari ortga ketayotgani ko'rinmoqda. Jamoa ushbu bahslarning uchtasida mag'lub bo'ldi va birgina durangga erishdi. O'tgan hafta oxirida esa "Selta"dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyat qabul qilib olindi.

Diskvalifikaciyadan keyin Ever Banega "Sevilya"ga yordam bera oladi. Myunxenliklarda esa Vidal va Alaba safga qaytdi. Birinchisi o'tgan haftadan, ikkinchisi kechadan mashg'ulotlarga qaytgan.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Bavariya": Ulrayx - Kimmix, Boateng, Xummels, Rafinya - Robben, Alkantara, Martines, Riberi - Levandovski, Myuller

"Sevilya": Sorya - Eskudero, Langle, Karrisu - Sarabiya, Banega, Nzonzi, Navas, Korrea, Vaskes - Murel

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Tomonlarning o'zaro yagona so'nggi uchrashuvi o'tgan haftada o'tkazildi.

"Sevilya" (Ispaniya) - "Bavariya" (Germaniya) 1:2 

Gollar: Sarabiya 32 - Navas 37 (o'z darvozasiga), Alkantara 68 

"Sevilya" (Ispaniya): Soriya, Kyaer, Eskudero, Lengle, Navas, Vaskes, Korrea (Ramires 78), Pisarro, Sarabiya, N'Zonzi, Ben Yedder (Muriel 80) 

"Bavariya" (Germaniya): Ulrayx, Xummels, Boateng, Martines, Riberi (Robben 79), Alkantara, Bernat (Rafinya 46), Vidal (Xames 36), Kimmix, Myuller, Levandovski 

Ogohlantirish: Korrea 15, Pisarro 90 - Riberi 13, Bernat 34, Myuller 85

FAKTLAR

- "Bavariya" bu mavsum ECHL doirasida barcha uy uchrashuvlarida g'alabaga erishdi.

- "Sevilya" bu mavsum ECHLda ikki marta mag'lubiyatga uchradi.

- Yupp Xaynkes bu mavsumga qadar 3 marta ECHL yarim finalida qatnashgan va shularning barchasida finalga chiqqan.

- "Bavariya" ECHL pley-offlarida 24 bora ilk uchrashuvda g'alabaga erishgan va shularning bittasida keyingi bosqichga o'ta olmagan.

- Tomonlarning ilk uchrashuvida 1:2 hisobi qayd etilgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика