"Bavariya" sardori "Borussiya D"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
31 okt 2023 12:02
Yangiliklar
"Bavariya" sardori "Borussiya D"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Futbolchi diskvalifikaciya qilingan.
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimich Bundesliganing 2 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda Germaniya Futbol Ittifoqi sayti xabar berdi.
Futbolchi "Darmshtadt"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani uchun jazolandi. Nemis futbolchisi o'shanda o'yinning 8-daqiqasida oxirgi chora sifatida qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi.
SHu tariqa, 28 yoshli xavbek Dortmundning "Borussiya" (4 noyabr) va "Xaydenxaym" (11 noyabr) klublariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar