So’nggi yangiliklar

08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  0 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  0 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  1 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  2 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  8 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  8 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  6 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1

"Bavariya" - "Real": Kim qanday fikrda? Yangiliklar

"Bavariya" - "Real": Kim qanday fikrda?

Myunxendagi dahshatli to'qnashuv "Bavariya" hamda "Real" o'rtasida kechadigan ECHL yarim final doirasidagi dastlabki o'yin haqida saytimiz ijodkorlari o'z fikrlarini bildirishdi.

Narzulla Saydullaev ("CA" bosh muharriri, Superliga, Pro-Liga, MTJga ixtisoslashgan jurnalist): "Bugun kechagidan kamroq gol bo'lishini kutayapman. "Bavariya" o'z uyida juda kuchli o'ynaydi. Myunxen klubi o'z maydonida g'alaba qozonishini taxmin qilaman. Lekin xuddi kecha yozganimdek, finalga kim chiqishi Madriddagi bahsdan so'ng malum bo'ladi. "Bavariya"ning kuchsiz tomoni ko'plab jarohatlar, "Real"ning kuchsiz tomoni safarda o'ynayotgani. "Bavariya"ning kuchli tomoni muxlislari, "Real"ning kuchli tomoni Ronaldu".



Jasur Aslanov ("CA" xodimi, La Liga va "Barselona"ga ixtisoslashgan jurnalist): ""Bavariya"ga Yupp Xaynkess qaytganidan so'ng nemis grandi o'z o'yinini tikladi. Jamoa formada va har qanday raqibni shoshirib qo'yishi mumkin. Buning ustiga, "Qirollik klubi"dan myunxenliklar safiga o'tgan Xames Rodriges Zinedin Zidanga qanday o'yin ko'rsata olishini isbotlashga harakat qiladi. "Real" LaLiga va Ispaniya Kubogini qo'ldan boy berdi. Endi ularning yagona sovrin yutish imkoniyati CHempionlar ligasida. Zidan o'z ishida qolish uchun bor kuchini ishga soladi. Bugungi bahsda myunxenliklar o'z uyida o'ynashi tufayli kichik hisobda g'alaba qozonadi deb o'ylayman".


Mirjalol Normatov ("CA" xodimi, MYUga ixtisoslashgan jurnalist): "Bugungi uchrashuvda "Bavariya"ni favorit deb hisoblayman. CHunki Yupp Xaynkes so'nggi uchrashuvlarda jamoasida rotaciyaga qo'l urib, jamoani "Real" bilan uchrashuvga tayyorladi. O'z maydonida har doim hujumkor o'yin namoyish etadi. Biroq "Bavariya"ning bir kamchiligi - darvozabon. Agarda Myunxen klubi posboni o'zini ko'rsata olsa, "Real" mag'lub etilishi mumkin. Ammo bugun "Bavariya" o'z darvozaboniga tayanmasdan hujumga etibor bergan holda o'yin ko'rsatadi".


Jahongir Sotvoldiev ("CA" xodimi): "Ushbu bahsni ko'pchilik futbol muxlislari va mutasaddilari sabrsizlik bilan kutmoqda. Bugun "Bavariya"ga Arturo Vidal, Manuel Noyer David Alaba, Kingsli Koman, Korenten Tolisso jarohati bois bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborsa, Ijara asosida "Bavariya"da to'p tepayotgan "Qirollik klubi" futbolchisi Xames Rodriges ham maydonga tusha olmaydi. Bugun ikkala jamoaga ham qiyin bo'lishi aniq. "Real" kichik imkoniyatdan qanday foydalanish kerakligini yaxshi biladi. "Bavariya" jiddiy raqib kutib turibdi. "Real Madrid" safarda "Yuventus"ni ko'mib kelgandek, "Bavariya"ni ham ko'mib ketadi".


Omonjon To'xtamirzaev ("CA"  ruscha bo'limi xodimi, "Real"ga ixtisoslashgan jurnalist): Yupp Xaynkes kuchli murabbiy ekanligini yana bir bor isbotlab bo'ldi. Bunga "Bavariya"ning o'yinlari yaqqol isbot bo'la oladi.

"Bavariya"da Alaba va Noyer etishmasligi mumkin, ammo darvozabon safdan chiqqaniga ancha bo'ldi, Alabaning o'rnini bosa oladigan futbolchi topiladi menimcha. Zidan ham o'z navbatida qatorasiga 3-bor CHempionlar Ligasiga chiqishga qarshi emas albatta. Bunaqasi hali tarixda bo'lmagan, ammo u kelguncha ECHLni ikki marta yutgani ham yo'q edi. Boz ustiga g'alabalarga o'rganib qolgan futbolchilar ham mavsumni sovrinsiz tugatish niyatida bo'lmasalar kerak.

La Ligadan ancha avval umidini uzib bo'lgan "Real" aynan shu musobaqaga bor etiborini qaratgani hech kimga sir emas. Ha, oxirgi o'yinning oxirgi daqiqalarida bir nimalar bo'lib ketdi :) Biroq qancha bahslashsak ham, barchasi ortda qolib bo'ldi va "Real" yarim finalda.

"Bavariya" o'z uyida masalani deyarli hal qilishga urinishi aniq, oxirgi vaqtlar bu nemislarning qo'lidan kelmoqda. Lekin Zidan va "Real"ning ham rejalari borligi turgan gap. SHunisi aniqki, bugun kim ko'proq gol ursa o'sha yutadi.

Nima bo'lganda ham bugun murosasiz kurashlarga boy o'yin, har ikki jamoa tarkibidagi ajoyib futbolchilar ijrosida yuqori sifatli o'yin va eng muhimi hakam bahs-munozaralarga o'rin qoldirmasligini istayman. Xaynkes qatgach kuchga to'lgan "Bavariya" va har o'yin gol urayotgan Ronaldo boshchiligidagi madridliklar: bizni juda qiziq o'yin kutmoqda.


Gayrat Xasbiullin ("CA" mutaxassisi): O'ylashimcha, bugungi uchrashuvda golli durang qayd etiladi. Muxlislarni ajoyib futbol spektakli kutmoqda. Bu jamoalar o'rtasidagi bahsda har qanday natija sodir bo'lishi mumkin.


SHahboz Beg'amov ("CA" xodimi, Superliga, MTJ, Germaniya va Italiya futboliga ixtisoslashgan jurnalist): "Men kutgan qura. Yarim final statusiga munosib tushadigan darajadagi jamoalar to'qnashuvi. Muhimi, finalga yo'l oladigan jamoa hech qanday savollarga o'rin qoldirmasligi kerak. O'yin haqida aniq bir fikr bildirish mushkul. Nega? CHunki oxirgi yillarda "Real" ishtirokidagi o'yinlarda boshqa faktorlar tufayli natijalar o'zgarib ketmoqda. To'g'ri, tarixda faqat natija qoladi. Ammo o'sha tarixlarni o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. SHu boisdan og'zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deganlaridek, bugungi bahsda avvalo gollandiyalik Born Kuypersga omad tilayman. Muhimi, hakam xushtagi adolat yo'liga xizmat qilsin. Bahs taqdirini esa maydonda futbolchilar hal etishga qodir. Hakam esa egnidagi libos masuliyatini his etib vazifasini bajarsa bo'lgani. "Bavariya"ning ishtahasi karnay. CHunki ular o'tgan yilgi xurmacha qiliqlar uchun qasos olishmoqchi. "Real"ni esa ECHLni yutishdan o'zga chorasi yo'q. Faqat shugina Zidan va "Real" muxlislarini ovuntirishi mumkin. Zidan va "Real" ECHLda g'olib bo'lish bo'yicha xet-trik qayd etishga chanqoq.

"Bavariya" tarkibida yo'qotishlar ko'p. "Real"da esa hammasi joyida. Ammo bu jihatlar bugun ikkinchi darajaga tushib qolgan. Bahonaga o'rin yo'q. Gvardiola davrida "Real" "Bavariya"ni qaltiratib qo'ygandi. Anchelotti qo'l ostida esa hal qiluvchi faktor o'zgarib qolgandi. Yupp Xaynkes kelishi bilan "Bavariya"ga haqiqiy nemischa mentalitet qaytdi. Hozirgi "Bavariya"ning eng katta ustuni aynan Yup Xaynkes qaytargan nemischa mentalitet. Zidan ECHLdagi muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirayotgani, uning murabbiy sifatidagi salohiyatiga bo'lgan hurmatni himoya qilib turibdi. Zidanning murabbiylik imzosi hozircha ECHLdagi natijalar bilan bog'liq. Arturo Vidal aytganidek, qasos olish g'alaba tamini yanada shirin qiladi. O'ylashimcha, "Bavariya" aynan shu shirin tamni tatib ko'radi.


Xayrulla Xoliqov ("CA" xodimi, OFK, Superliga, MTJga ixtisoslashgan jurnalist): "Real" chempionlar ligasi uchun "tug'ilgan" jamoa. SHunday ekan, bugungi o'yinda ham favorit "Real" - garchi mehmonda o'ynasa-da. Taxminimcha, bugun "Real" "Bavariya" ustidan 4:2 hisobida g'alabaga erishadi. "Bavariya" tarkibida Robert Levandovski bilan Tyago Alkantara gol ursa kerak. Madridliklar safida esa Ronaldu (2ta), Benzema va Vaskes bittadan to'p kiritishi kutilmoqda".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика