"Bavariya" qishda futbolchi sotib olmoqchi emas
15 dek 2020 22:45
Yangiliklar


"Bavariya" qishda futbolchi sotib olmoqchi emas
"Bavariya"ning qishki transferlar oynasi vaqtidagi rejalari malum bo'ldi.
"Sport Bild" xabariga ko'ra, Myunxen klubi yangi futbolchilarni sotib olish niyatida emas. Klubdagilar yozda sotib olingan 7 nafar futbolchi bilan cheklangan va endi etibor akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratiladi.
Oldinroq "Bavariya"dan Jerom Boateng hamda David Alaba kabi futbolchilar ketishi aytilgandi.
Ayni damda "Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar