"Bavariya" PSJ darvozasiga beshta gol urgan o'yinni eslaymiz (+umumiy statistika)
07 apr 2021 15:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629638_original.jpg)
![](/upload/storage/629638_220.jpg)
"Bavariya" PSJ darvozasiga beshta gol urgan o'yinni eslaymiz (+umumiy statistika)
Franciyaning PSJ klubi bugun Myunxenda mehmon bo'ladi. Tarixga nazar solsak, mazkur jamoalar bugunga qadar yashil maydonda 9 bor to'qnash kelganiga guvoh bo'lamiz (rasmiy bahslar).
Ulardan 5 tasida francuzlarning, 4 tasida nemislarning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati - 12:12.
Fakt: "Bavariya" va PSJ o'rtasidagi bahslarda hech qachon durang natija qayd etilmagan.
Eng yirik hisob 1997 yilning 22 oktyabrida o'tkazilgan o'yinda qayd etilgan. O'shanda nemislar 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lib, "Bavariya" safida Jovane Elber va Karsten Yanker dublga erishgan, jamoa sardori Tomas Xelmer esa 1 ta golga mualliflik qilgan edi.
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yin yodingizda bo'lsa kerak. ECHL o'tgan mavsumining final bahsi taqdirini Kingsli Komanning yagona goli hal qilgan edi. Bugungi uchrashuv esa nemis va francuz grandlari o'rtasidagi 10-si bo'ladi. Qadrli muxlis, bo'lajak o'yindan qanday natija kutyapsiz?
Bayern Munich Eric Maxim Choupo-Moting - 37', Thomas Mueller - 60' |
Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur 08/04/2021, 01:00 3
:
2
Tugadi
|
Paris Saint-Germain Kylian Mbappe - 3', Marquinhos - 28', Kylian Mbappe - 68' |
Stadion: Allianz Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar