"Bavariya" Noyerga o'rinbosar topdi
18 noy 2019 00:35
Yangiliklar


"Bavariya" Noyerga o'rinbosar topdi
Aleksandr Nyubel faoliyatini "Bavariya" safida davom ettirishi mumkin.
"Bavariya" jamaoaning asosiy darvozaboni Manuel Noyerga o'rinbosar topdi. Sport1.de nashri xabariga ko'ra, klub rahbarlari "SHalke" darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan shartnoma imzolash niyatida.
Takidlash lozimki, 2020 yilning yozida Nyubel erkin agentga aylanadi. U Bundesliganing joriy mavsumida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar