"Bavariya" Noyer bilan kelisha olmayapti
20 may 2022 19:07
Yangiliklar
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirish borasida hali kelishuvga erishmadi.
Manba bergan xabarga ko'ra, darvozabon uch yillik yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo Germaniya klubi rahbariyati Noyerning shuncha yil yuqori saviyada o'ynay olishiga shubha qilmoqda. SHu munosabat bilan posbonga qisqa muddatli shartnoma taklif qilinmoqda.
36 yoshli Noyer joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushdi va 34 ta gol o'tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar