"Bavariya" Nagelsmanni taklif etishi uchun 15-20 million evro to'lashiga to'g'ri keladi
15 apr 2021 10:25
Yangiliklar


"Bavariya" Nagelsmanni taklif etishi uchun 15-20 million evro to'lashiga to'g'ri keladi
Xans-Diter Flik Germaniya terma jamoasidagi ish uchun yozda "Bavariya"dan ketishi mumkin.
Bundestim jamoasidan Evro-2020dan so'ng Yoaxim Lyovning ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Flik ketgan taqdirda "Bavariya" "RB Leypcig"dan Yulian Nagelsmann variantiga murojaat qiladi.
"Buqalar" o'z murabbiylari uchun kompensaciya talab qilishmoqda - "Bavariya" 15dan 20 million evroga qadar to'lashiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, Yulian Nagelsmann "RB Leypcig"dan 2019 yilning yozidan beri ishlab keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar