"Bavariya" Myullerni 100 mln. evroga sotmagan ekan
Aslanov Jasurbek
15 fev 2017, 17:12
"Manchester Yunayted" yozda "Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerni xarid qilishga uringan va futbolchi uchun 100 mln. evro taklif qilgan, ammo nemislar bu taklifga rad javobini berishgan edi.
Bu haqda klub ijrochi vice-prezidenti Yan-Kristian Dressen ma'lum qildi.
"Haqiqatdan ham shunday bo'lgan. O'shanda ofisga Angliyadan faks keld, ammo biz Myullerni sotishni hech qachon muhokama qilmaganmiz" - deydi Dressen.