"Bavariya" matbuot kotibi istefoga chiqdi
12 iyu 2016 23:05
Yangiliklar
"Bavariya" matbuot kotibi istefoga chiqdi
Markus Xyorvik "Bavariya"da 35 yil matbuot kotibi sifatida ishlab keldi. Xyorvik 59 yoshida o'z istagi bilan nafaqaga chiqishni xohladi.
"Tez kunda 60 yoshni qarshi olaman. Endi har kungi matbuot anjumanlarisiz, dam olish kunlari hordiq chiqarish qanaqa bo'lishini his etmoqchiman. Buyog'iga dam olmoqchiman. "Bavariya" klubidan juda minnatdorman. Men o'z ish faoliyatim davomida "Bavariya"ning 19 marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritganini, umumiy hisobda 46ta sovrin yutganini guvohiga aylandim", - deydi Xyorvik.
Karl-Xaync Rummenigge esa Xyorvik xususida shunday dedi: "Markus Xyorvik har doim "Bavariya" manfaati uchun tolmay mehnat qildi. Uning klubga bo'lgan sadoqati, sodiqligiga tan bermay iloj yo'q. Butun klub va jamoa nomidan Xyorvikka ajoyib ish faoliyati uchun juda katta minnatdorchilik bildiraman".
Fikrlar