"Bavariya" Komanni 80-90 mln evroga sotishga tayyor. Klub unga yiliga 12 mln to'lamaydi
16 iyu 2021 14:12
Yangiliklar
"Bavariya" Komanni 80-90 mln evroga sotishga tayyor. Klub unga yiliga 12 mln to'lamaydi
Yarim himoyachi Kingsli Koman yozgi transfer oynasida "Bavariya"dan ketishi mumkin.
Myunxen klubi yiliga 12 mln evro olishni xohlayotgan francuzning talablarini yuqori baholaydi va uning istaklari o'yin darajasida emas deb hisoblaydi.
"Bavariya" agar futbolchi uchun 80-90 mln evro taklif qilinsa, sotishga tayyor.
25 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Fikrlar