"Bavariya" Keynni sotib olish fikridan voz kechdi

Оқил Абдубарноев
5 may 2023, 10:44
"Bavariya" Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Harri Keynni sotib olish g'oyasidan voz kechishga qaror qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi britaniyalikning yoshi va xorijda tajribasi kamligi sababli jamoaga moslashishda muammolarga duch kelishi mumkinligidan xavotir olmoqda. Keyn butun faoliyatini Premer-ligada o'tkazdi.

Futbolchining transferiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 29 yoshli futbolchi APLning joriy mavsumida 32 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportbild