"Bavariya" Kaysedo uchun kurashga qo'shildi
15 iyu 2023 15:33
Yangiliklar
"Bavariya" Kaysedo uchun kurashga qo'shildi
"Brayton" yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo boshqa jamoaga o'tishi mumkin, deya xabar berdi "Football Insider".
Manbaga ko'ra, 21 yoshli ekvadorlik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi davogarlik qilmoqda. Nemis klubi futbolchi uchun "CHelsi" va "Arsenal" bilan kurashishga tayyor.
Oldinroq "Brayton" Kaysedo uchun kamida 70 million funt talab qilayotgani xabar qilingandi.
Kaysedo 2022/23 yilgi mavsumda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar