"Bavariya" katta maosh oluvchi futbolchisini sotib yuborishga tayyor
28 apr 2023 20:53
Yangiliklar
"Bavariya" katta maosh oluvchi futbolchisini sotib yuborishga tayyor
Yozda "Bavariya" Serj Gnabri borasidagi takliflarni o'ylab ko'radi.
27 yoshli vinger ayni damda Myunxen klubining eng katta maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Biroq rahbariyatdagilar futbolchining o'yinidan mamnun bo'lmayapti.
Serj 2018 yilning yozidan buyon "Bavariya"da o'ynamoqda. U jamoa tarkibida 213 o'yinda maydonga tushib, 76 gol va 50 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.
Germaniyalik futbolchining transfer summasi 50 mln evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar