"Bavariya" jahonda tengsiz, "Barselona" va "Real" kuchli o'ntalikda ham yo'q

2 fev 2018, 16:33
Yevropada muxlislar tashrifi bo'yicha Germaniya klublari yetakchilik qilishmoqda.

Bu borada "Bavariya" Jahonda tengsiz. Myunxenliklar ishtirokidagi uchrashuvlarda "Alyanc Arena" ishqibozlar bilan liq to'lmoqda. "Bavariya"ning uy o'yinlarida stadionda anshlag kuzatilmoqda. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Bavariya" 100% natija bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Angliyaning "Chelsi" jamoasi ikkinchi pog'onada.

Qizig'i, Yevropada muxlislar tashrifi, yani stadionni to'ldirish bo'yicha "Real" va "Barselona" jamoalari kuchli o'ntalikda ham qayd etilmagan.

Yevropada stadionni to'ldirayotgan klublar ro'yxati (TOP-15)

    #
              klub nomi
       o'rtacha tashrif
                 stadion to'lishi %
1
"Bavariya"
75000
100%
2
"Chelsi"
41503
99,7%
3
"Xaddersfild"
24093
99,7%
4
"Nyukasl Yunayted"
52057
99,4%
5
"Borussiya" Dortmund
80877
99,4%
6
"Frayburg"
23833
99,3%
7
"Manchester Yunayted"
74994
99,1%
8
"Sankt-Pauli"
29284
99,1%
9
"Brayton"
30285
98,5%
10
"Liverpul"
53149
98,3%
11
"Arsenal"
59380
98,3%
12
"Shalke"
61052
98%
13
"Zvolle"
12983
98%
14
"Everton"
38693
97,8%
15
"Verder"
41125
97,7%

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia