"Bavariya" Ivan Perishichni xarid qilish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. O'yinchi "Inter"ga qaytadi
09 sen 2020 18:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591256_original.jpg)
![](/upload/storage/591256_220.jpg)
"Bavariya" Ivan Perishichni xarid qilish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. O'yinchi "Inter"ga qaytadi
O'tgan mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tgan "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich Milan klubiga qaytadi.
Bu haqda Myunxen jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik aytib o'tdi. Nemis klubi 31 yoshli futbolchini "neradzurrilar"dan 12 million evro evaziga xarid qilishga tayyor bo'lgan.
Bu narx esa italyanlarga yoqmagan, "Bavariya" esa taklifni yaxshilamaslikka qaror qilgan.
Perishich o'tgan mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar