"Bavariya" himoyachisi Ernandes CHL qurasi haqida: "Atletiko" bizga muammolar olib kelishi aniq"
02 okt 2020 11:24
Yangiliklar


"Bavariya" himoyachisi Ernandes CHL qurasi haqida: "Atletiko" bizga muammolar olib kelishi aniq"
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes CHL guruh bosqichi doirasida "Atletiko" bilan o'ynashi haqida gapirdi.
"Men o'yinchi sifatida o'sgan "Atletiko" jamoasi bilan o'ynashimizdan mamnunman. Men Madrid klubiga juda ham bog'lanib qolganman.
Bu qiyin o'yinlar bo'ladi. Madridliklar ajoyib tarzda himoyalana olishadi va yangi o'yinchilar evaziga hujumda kuchli o'ynay olishadi. Ularning bizga muammolar olib kelishi aniq", - deydi Ernandes.
"Bavariya" shuningdek guruhda "Lokomotiv" (Moskva) va "RB Zalcburg" klublari bilan o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Lyuka Ernandes "Bavariya"ga "Atletiko"dan o'tgan yili 80 million evro (Myunxen klubi uchun rekord) evaziga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar