"Bavariya" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi
25 apr 2023 14:26
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi
Tomonlar hamkorlikni davom ettiradilar.
"Bavariya" himoyachi Lukas Ernandes bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda "Sky Sport Germany" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yaqin vaqt ichida tomonlar 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi.
Malumot o'rnida, 27 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsumning ikkinchi yarmini jarohati sabab o'tkazib yubordi.
Fikrlar