"Bavariya" Harri Keynni sotib olishdan voz kechmaydi
28 jan 2023 15:30
Yangiliklar
"Bavariya" Harri Keynni sotib olishdan voz kechmaydi
Myunxen klubi "Tottenxem" hujumchisi Harri Keynni o'z tarkibiga qo'shib olish fikridan qaytgani yo'q.
"SHporlar" Angliya terma jamoasi sardori bilan 2024 yilda shartnoma muddatini uzaytirish haqida o'ylayapti. "Bavariya"da esa Robert Levandovski ketganidan keyin forvardga ehtiyoj sezilmoqda. Bu ehtiyoj ancha vaqtdan buyon Harri Keyn hisobiga qondirilishi rejalashtirilib kelinmoqda. Biroq Bundesliga vakilida bunga ishonch pasayib bormoqda.
Harri Keyn ushbu mavsum "Tottenxem" libosida umumiy 29 ta o'yinda ishtirok etdi va 18 ta gol urdi.
Fikrlar