"Bavariya" Gyundoganga qiziqmoqda
26 okt 2022 22:37
Yangiliklar
"Bavariya" Gyundoganga qiziqmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Gyundogan Germaniyaga qaytishdan manfaatdor, biroq Qatardagi jahon chempionati yakunlanmaguncha bir qarorga kelmaydi. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" rahbariyati ham yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
32 yoshli germaniyalik futbolchi 2016 yilda "Manchester Siti"ga kelib qo'shilgandi. SHundan beri u ingliz klubi safida 268 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol urdi va 34 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar