"Bavariya" Gorecka bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonchi komil
13 sen 2021 16:53
Yangiliklar


"Bavariya" Gorecka bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonchi komil
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich yarim himoyachi Leon Gorecka bilan shartnoma uzaytirilishi borasidagi vaziyatga izoh berdi.
U nemis tez orada Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonchi komil.
"Muzokaralar juda yaxshi ketmoqda", - deydi Salixamijich.
Eslatib o'tamiz, Gorecka 2018 yilda "Bavariya"ga "SHalke"dan erkin agent maqomida o'tgandi. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi, xavbekning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar